TUYG’ULARIMIZ
Dilda garchi ishq otli ziyo, Visol bo’ldi sarobu ro’yo. O’tib ketdi birzumda. Go’yo- Shamol bo’ldi tuyg’ularimiz. Endi o’ylar umidlar turli, Sen-la edi hayotim nurli, Nahot endi shirin va sirli Xayol bo’ldi tuyg’ularimiz Ko’zim berdi ayriliqqa dosh, Lek dilimdan oqayotir yosh. Qay devorga urmoq kerak bosh??? Savol bo’ldi tuyg’ularimiz. To’qib turli bahona, ertak Qilarmishman men seni ermak, Tosh otildi- kimgadir ,demak, Malol bo’ldi tuyg’ularimiz. Shirin orzu qilib tolmadik, Hajrni hech esga olmadik, Afsus, uni saqlab qolmadik, Uvol bo’ldi tuyg’ularimiz.
Sherzod Rustamov
|