Yomg'ir yog'ar yurakni ezib, bu dildagi alamni sezib. Armonlardan yuragim bezib bugun sizni juda sog'indim. Orzulardan köpdir armonim, yorishmaydi moviy osmonim. Tunlardagi olgan oromim bugun sizni juda sog'indim. Sog'inch tati shirin bölarkan sog'inganda yurak tölarkan. Azoblarga bu dil könarkan bugun sizni juda sog'indim. Körmoq uchun talpinar yurak qadr uchun sog'inch xam kerak. Sizni tezroq körishim kerak bugun sizni juda sog'indim.