Yuragimda erimaydi muz... Ko'klarimda oy suzar sokin.. Jimjit og'ir cho'kib yotar tun.. Ko'zim ketmas..bekatda yolg'iz.. Onam qo'lin tutganimcha jim.. Og'ir nafas kelar bo'g'zimga.. Ayting onam..xafa qildi kim...? Kim boshladi ushbu to'zimga...
Javob bering..Axir onajon... Bejonmassiz axir volidam... Peshonamga qo'lingiz qo'ying.. Xafa qildi ayting qay odam..?
Ayting...mening so'nggi toleim.. Baxt bormikan peshonasida... Sizsiz endi kimman ayting kim,,,,? Nido bormi o'g'ling sasida..?!
Deysiz tinmay chekmagin azob.. Senga menman omonat deysiz... Abadiylik bo'lsa gar sarob... Ayting nega g'amimni yeysiz...?
Yuragizdan tug'ilgan bo'lsam.. Ayting nega chekmayin azob..? Ichgan bo'lsam sutingiz men ham.. Bermay nega azoblarga tob...?
Og'riganda onaning joni... Chiqmaydimi farzand fig'oni.. Undan ko'ra o'lgan yahshiroq.. Lozimdir gar to'kilsa qoni...
Ketdi olib senga onajon.. Uxlolmayman jim-jit har tomon.. Tinmay faqat solmoqdadir jar.. Avtobuslar bekatda hamon...