Erkalash ohangi g`azabga do`ndi. Shirin o`ylar esa tig`li xayolga. Notavon peshoba yozmishga ko`ndi, Kelajak aylandi mavhum savolga. Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz, Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro. Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!