Qadr izlab zulmatlarda kezdim,sarson, Nogoh manfur hiyonatlar chiqdi yo’ldan. Ammo umid bergan hislar,ketib oson, Hur qismatni topolmadim,so’ngsiz cho’ldan..!
Ayro yo’llar,ayro so’zlar kenglik qadar, Notanish bu maskanlarda titrar tanim. Exx omadim,kelar dedim ushbu safar, Lekin ko’zlar yoshdan xabar berar nim-nim..!
Ohista bu shabbodalar,hazin essa, Nahot qalbing torlarini chertmas ishqim. Zolim ko’ngling,sog’inchlarim bir kun sezsa, Aytgin jonim.? Qiynamasmi mening rashqim..!
Tushun axir,boqmoqchiman senga to’yib, Ammo ko’zlar pardasini qoplar tuman..! Qancha axir,yozmoq mumkun isming o’yib.? Jonim berib,bejon tanda qoldim-ku man..!
Ayo tagrim,bu qandayin yoziq bo’ldi, Oh,ormoqqa yetolmaydi menda ovoz..! Balki..balki endi taqdirimda sevgi o’ldi..?! Endi mangu yaramasmu,qalbdagi soz..?!
Musibatlar domlaridan chiqolmayman, Ey go’zalim so’zlolmayman men vidolar..! Borgin endi,dadillanib o’zga yorga..! DANERbekdan qabul qiling alvidolar..!!